Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandda o‘tayotgan Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – UNEP ijrochi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamg‘arma bosh ijrochi direktori Klod Gaskon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, muloqot chog‘ida mintaqa uchun g‘oyat muhim bo‘lgan masalalar: cho‘llanish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, havo sifati monitoringi, biologik xilma- asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish mavzulari muhokama qilingan.

“UNEP va GEF rahbariyatiga mamlakatimizdagi “yashil” islohotlarni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yechimlarni ilgari surishga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorlik bildirib, jamg‘armaning Samarqanddagi tarixiy Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan tabriklayman”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing