Saida Mirziyoyeva Qatar amiri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman”, deya yozgan Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Uchrashuvda Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini Qatar amiriga yetkazgan.

​Shuningdek, O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turishi, bu hamkorlik yildan yilga mustahkamlanib borayotgani qayd etilgan. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qilingan.

“Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatardagi muzeyda O‘zbekistonning tarixi va an’analari, hamda bugungi kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing