Prezidentning qizlari Andrea Bochellining konsertiga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva va kenja qizi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva kecha, 1 sentyabr kuni Italiyaning dunyoga mashhur xonandasi Andrea Bochellining Samarqanddagi konsertiga bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida yozdi.

Saida Mirziyoyeva farzandlari – Miromon, Saodatxon va Shavkatjonni, Shahnoza Mirziyoyeva esa kenja qizi Raniyani ham konsertga olib borgan. Shuningdek, Prezident oilasining boshqa a’zolari, xususan birinchi xonim Ziroatxon Mirziyoyevaning singlisi va uning qizi Diyora Usmonova ham konsertda ko‘rinish bergan.

“Samarqand kun sayin xalqaro madaniy almashinuv markaziga aylanib bormoqda. Boy tarixiy merosga ega ushbu qadimiy shahar bugun turli xalqlarning madaniyati va an’analarini jamlagan maydon sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Bu bilan mamlakatimiz va butun mintaqa uchun yangi istiqbolli imkoniyatlarga yo‘l ochilayotgani shubhasiz”, deya yozgan u.

Administratsiya rahbari Bochellining konsertini yuqori baholagan.

“Taniqli tenor Andrea Bochellining 1 sentyabr kuni Registon maydonida bo‘lib o‘tgan konserti bunga yana bir isbot bo‘ldi. San’atkorning betakror ovozi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida maydon uzra jarangladi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Andrea Bochelli – dunyoga mashhur italyan tenor san’atkori bo‘lib, klassik va popni birlashtirgan ijroci orqali mashhurdir. U 90 milliondan ortiq disk sotgan, “Time to Say Goodbye” singari global hitlari orqali tanilgan. Ko‘plab nufuzli sahnalarda, jumladan, AQSH prezidentlari, Papalar va Britaniyaning Qirollik oilasi oldida ijro etgan.

Uning konserti uchun bilet narxlari hududlarga qarab o‘zgarib turadi. Xususan, AQSHdagi 2025 konsertlari uchun eng arzon chipta 68–121 dollar oralig‘ida, eng qimmati esa 1000–13,000 dollargacha.

Bochellining Samarqandda bergan konserti O‘zbekiston san’at va madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilmoqda. Ammo chipta narxlar ko‘rsatilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Andrea Bochelli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing