Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi spektakl tomoshasiga bordi
Jamiyat
−
12 iyun 4391 1 daqiqa
Bugun, 12 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Adolat fasli” spektakli tomoshasiga bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Amir Temur hayotidan bir kun haqida hikoya qiluvchi kuchli sahna asari bo‘libdi. Bosh rolni kuni-kecha “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan Yodgor Sa’diyev ijro etdi. O‘zbekiston xalq artistini ko‘p yillik mehnatining yuksak e’tirofi hamda qutlug‘ sana – 80 yillik yubileyi bilan chin dildan tabriklayman”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirishicha, ijodiy jamoa Sohibqiron siymosini nafaqat ulug‘ hukmdor va sarkarda, balki, avvalo, beqiyos matonat egasi, metin irodali inson sifatida namoyon eta olgan.

“Biz bugun Milliy teatrimiz va unga hayotini bag‘ishlagan fidoyi insonlarning ulkan salohiyatini qalban his etdik”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrida Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qilgandi.
Live
Barchasi