Saakashvili Gruziya rasmiylarini Ukraina haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi

Olam

image

Ukraina Adliya vazirligi to‘rt oy oldin Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini ekstraditsiya qilish bo‘yicha Tbilisiga so‘rov yuborgan. Bu haqda Saakashvili o‘zining Facebook'dagi sahifasida yozdi.

“Ukraina Adliya vazirligi meni ekstraditsiya qilish jarayonini to‘rt oy oldin boshlashni talab qilgan, keyin esa bu hujjatni menga Ukraina konsuli olib kelgan”, deyiladi Saakashvilining Facebook'dagi sahifasida. 

Shuningdek, sobiq prezident Gruziya rasmiylarining Tbilisi bunday so‘rov olmagani haqidagi bayonotlarini ham yolg‘on deb atagan.

Gruziyaning amaldagi Prezidenti Salome Zurabishvili ham o‘tgan oyda “Ukrayinskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida mamlakatga Saakashvilini ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘rov kelib tushmaganini aytgan. Kecha, 4 iyul kuni Gruziya Adliya vaziri Rati Bregadze ham buni tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng mamlakatda unga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan, shundan ikkitasida siyosatchi sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2021 yil oktyabrt oyida Saakashvili Gruziyaga yashirincha kelganida hibsga olingan. 2022 yil may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u Tbilisidagi "Vivamed" xususiy klinikasiga olib o‘tilgan va u shu kungacha o‘sha yerda qolmoqda. Gruziya rasmiylari Saakashvili qamoqdan chiqish uchun o‘zini og‘ir ahvolda deb ko‘rsatmoqda, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyul kuni Saakashvili Tbilisi shahar sudining 2007 yildagi mitingni tarqatib yuborish ishi bo‘yicha yig‘ilishida shifoxonadan videoaloqa orqali ishtirok etgandi. Videoda sobiq prezident ozib ketgani ko‘rinadi. Keyinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tashqi ishlar vazirligiga Gruziya elchisiga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lgan Saakashvili masalasi bo‘yicha maslahatlashish uchun 48 soat ichida mamlakatni tark etish haqida buyruq berishni topshirdi. Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Kiyev qarorini diplomatik munosabatlarni keskinlashtirish, shuningdek, suveren davlatning ichki ishlariga aralashishning ekstremal shakli deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Ukraina Tbilisi Saakashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing