Rus tilidan imtihon topshirgan migrantlar Rossiya byudjetiga qancha foyda keltirdi?

Olam

image
2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun patent narxi qancha bo‘ladi? north_east

2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun patent narxi qancha bo‘ladi?

Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga qo‘shimcha 2,5 milliard rubl (30,4 million dollar) olib keldi. Bu haqda “Yagona Rossiya” fraksiyasi rahbari Vladimir Vasilev joriy yilning 16 aprel kuni Davlat dumasidagi Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Ilgari bu mablag‘lar korrupsiyaga ketgan bo‘lsa, endi ular g‘aznaga tushdi”, degan fraksiya rahbari.

O‘z navbatida, Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan migrantlar uchun imtihon topshirishga mas’ul bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari tekshiruvi chog‘ida muassasalar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishga nisbatan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygani aniqlanganini yozdi.

Volodinning yozishicha, qabul qilingan qonunlarni inobatga olgan holda, endilikda universitet mansabdor shaxslari va imtihon topshirgan shaxslarning bu xatti-harakatlari turlicha kvalifikatsiya qilinadi. Ular Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) bilan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

2024 yilning oktyabr oyida Davlat dumasi migrantlar uchun til imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha davlat organlarining mutlaq huquqini joriy etuvchi qonunni qabul qildi. Noyabr oyida esa Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihon topshirishning yagona narxini belgilashni taklif etgandi. Hozirda bunday imtihonlar uchun yagona qat’iy narx belgilanmagan. Ayni vaqtda imtihon o‘tkazadigan tashkilot bunday xizmat narxini hisoblab chiqadigan formulani belgilaydigan hukumat qarori mavjud. Imtihon o‘tkazuvchi tashkilot ushbu xizmatlar narxini o‘zi belgilaydi. Bu imtihon o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar, bilvosita xarajatlar va qo‘shimcha qiymat solig‘ini o‘z ichiga oladi.

Imtihonlar uchun yagona narxning joriy etilishi Davlat dumasining o‘tgan yilning 29 oktyabr kuni ikkinchi va uchinchi o‘qishda “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar qabul qilgani bilan bog‘liq. Mazkur o‘zgarishlarga ko‘ra, imtihonlarni faqat davlat muassasalari qabul qilishi va o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin chet elliklar uchun rus tilini bilish darajasini ularning ish bilan ta’minlashdagi haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniqlash kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon migrantlar Rus tili Vladimir Vasil'ev Rossiya byudjeti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing