Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi – Sibiga
Olam
−
21 iyun 5280 2 daqiqa
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning kecha, 20 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) Ukraina va urush haqida qilgan bayonotlarini beadablik deb atadi. Bu haqda u kecha, 20 iyun kuni X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Putinning beadab bayonotlari AQSHning tinchlikka erishish sa’y-harakatlariga to‘liq nafratni ko‘rsatadi. AQSH va butun dunyo o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirayotgan bir paytda, Rossiya Prezidenti Ukrainada yangi hududlarni egallab olish va ko‘proq ukrainaliklarni o‘ldirish rejalarini muhokama qilmoqda”, deb yozdi Sibiga.
U Putinning “rus askarining qadami qayerga yetsa, o‘sha joy bizniki”, degan gapiga ham izoh berdi.
“Putinning bugungi aqldan ozgan gaplaridan biri, ayniqsa, rus askarining oyog‘i qayerga yetgani haqida alohida ta’kidlanadi. Aslida rus askari oyog‘ini qayerga bosmasin, u o‘zi bilan faqat o‘lim, halokat va vayronagarchilikni olib keladi. Putin rus askarlari va ularning Ukraina dronlari tomonidan parchalangan oyoqlari haqida qayg‘urmaydi. U o‘z xalqining ommaviy qotilidir”, deb ta’kidladi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 iyun kuni PMEF yalpi majlisi moderatori Putindan Rossiya armiyasi qayerga borishi mumkinligini so‘raganda, “rus askari oyog‘ini qayerga bossa, o‘sha yer bizniki” deb aytgandi. Shuningdek, u Rossiya armiyasi “xavfsizlik zonasi”ni yaratish doirasida Ukrainaning Sumi shahrini egallashi mumkinligini ham istisno qilmadi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr