Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi

Jamiyat

image

Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov o‘z faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi. 

O‘zbekiston TIV rahbarining yozishicha, bugun, 12 iyun kuni vazirlik binosida Oleg Malginov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 

Uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. 

“Biz aloqalarni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz uchun manfaatli qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga intilishimizni yana bir bor tasdiqladik. Janob elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, degan Saidov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoni Rossiya tomonining e’tiborini Rossiyada O‘zbekistondan borgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qo‘pol muomala holatlari haqidagi ko‘payib borayotgan xabarlarga qaratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing