Rossiyaning Ukrainaga bosqini o‘zini oqlashi mumkin, agar... – Alisher Qodirov

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkor bosqinchiligi o‘zini oqlashi ham mumkinligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram sahifasida post joyladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkor bosqinchiligi Yevroosiyoni AQSHdan uzib olish va qit’ani zo‘ravonliklardan holi, tenglikka tayangan kollektiv kelishuvlar asosida birgalikda taraqqiyot yo‘liga olib kelsa, o‘zini oqlashi ham mumkin.

Dunyo siyosatchilari kimni qo‘llamoqda – Tramp yoki Zelenskiy? north_east

Dunyo siyosatchilari kimni qo‘llamoqda – Tramp yoki Zelenskiy?

“Lekin, neo-imperializm, AQSHni Ukrainaga taklif qilganidek: “ruxsat berilgan darajada erkinlik va yerosti boyliklari hisobiga tinchlik” munosabatlariga olib kelsa, insoniyatni juda quyuq qora kunlar kutib turibdi”, deya davom etgan Qodirov.

Fraksiya rahbari, shuningdek, amerikalik siyosatshunos, AQSHning 39-prezidenti Jimmi Karterning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Zbignev Bjezinskiyning qalamiga mansub “Buyuk shaxmat doskasi” kitobidan parchani ham keltirib o‘tgan.

“AQSH hech qachon Yevrosiyo qit’asida hal qiluvchi so‘z sohibi bo‘lmagan, Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan bu imkoniyat aql bilan foydalanilsa, AQSHni dunyoning taraqqiyot lokomotiviga aylantiradi”, deyilgan kitobdan olingan parchada.

Qodirov AQSH Prezidenti Donald Trampning Yevropa Ittifoqi tovarlariga boj joriy qilish va’dasini sharhlagan Fransiya Prezidenti Makron, Yevropa “baxtli vassallik” holatidan chiqib ketish kerakligini ta’kidlaganini ham eslatgan.

“AQSHga bizni javobimiz bunga bizni qarshi ekanligimizni bildirib qo‘yishi kerak. Biz tavakkal qilish, ishtiyoq va kuch ta’mini qaytarishimiz zarur”, degan Fransiya rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya bosqin Alisher Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing