Rossiyaning eng boy deputati vafot etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Lipetsk viloyatidagi eng boy deputatlardan biri Nikolay Bortsov 77 yoshida vafot etdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra,  Bortsov bugun, 23 aprel kuni Lipetsk viloyatining Lebedyan shahridagi uyida vafot etgan.

Nikolay Bortsov 2003 yildan beri Davlat Dumasi deputati, Rossiya parlamentida turli lavozimlarda ishlagan.

Bortsov Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, eng boy rossiyaliklar ro‘yxatiga kiritilgan. 2021 yilda jurnal uning boyligini 550 million dollarga baholagan. Bortsovning asosiy kapitali u va uning sheriklari PepsiCo kompaniyasiga “Lebedyanskiy” sharbat zavodidagi (“Ya”, “Fruktoviy sad” brendlari) 75,5% ulushini sotganidan keyin olingan mablag‘lardir.

Rossiya- Ukraina urushi ortidan Nikolay Bortsov AQSH va boshqa G‘arb davlatlarining sanksiyalari ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya eng boy deputat Nikolay Bortsov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing