Rossiya 770 ming nafargaça askaridan ayrilgan bölişi mumkin – OAV
Olam
−
16:55 666 2 daqiqa
Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda 770 ming nafargaça harbiy xizmatçisini yöqotgan bölişi mumkin. Sönggi hisob-kitoblarga köra, halok bölgan va yaralangan rossiyalik harbiylarning umumiy soni 2,1 million nafarga yetgan. Bu haqda “The Economist” naşrining yangi tadqiqotida söz boradi.
Hisob-kitoblarga köra, Rossiya armiyasining jami yöqotişlari 1,4 milliondan 2,1 million nafargaça. Şundan 374 ming nafardan 770 ming nafargaça harbiy halok bölgan. Qolganlari yaralanganlar hisoblanadi.
“The Economist” avvalroq ham Rossiya yöqotişlari böyiça hisob-kitoblarni e’lon qilgan. 2025 yilning iyulida halok bölganlar soni 190–350 ming, jami yöqotişlar esa 900 ming–1,3 million nafar deb baholangan. Joriy yilning may oyida bu körsatkiçlar mos ravişda 280–518 ming va 1,1–1,5 million nafarga yetgan. Demak, sönggi beş oyda halok bölganlar sonining quyi bahosi 94 mingga, yuqori bahosi esa 252 mingga oşgan.
Rossiya uruşdagi yöqotişlari böyiça aniq rasmiy statistikani e’lon qilmaydi. Şu sababli “The Economist” Ğarb razvedka idoralari, mudofaa vazirliklari va mustaqil tadqiqotçilar ma’lumotlarini birlaştirgan statistik modeldan foydalanadi. Hisob-kitoblarda janglar şiddati va front çiziğidagi özgarişlar ham hisobga olinadi.
Ukraina tomoni keltirgan ma’lumotlarda ham Rossiya armiyasi katta yöqotişlarga uçrayotgani aytiladi. Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabiga köra, joriy yilning 29 oktyabr holatida Rossiya oktyabr oyining özida 49 ming 40 nafar harbiysidan ayrilgan. Bu keng kölamli bosqin boşlanganidan buyon qayd etilgan eng yuqori oylik körsatkiçdir. Avvalgi rekord 2024 yilning dekabrida kuzatilgan bölib, öşanda 48 ming 670 nafar rossiyalik harbiy yöqotilgani bildirilgan.
Şuningdek, Ukraina Mudofaa kuçlari joriy yilning boşidan buyon dronlar yordamida 302 ming nafar rossiyalik harbiyni yöq qilgani yoki yaralagani ma’lum qilingan.
Ta’kidlaş joizki, naşrning keltirgan raqamlari mustaqil tasdiqlangan aniq statistika emas, balki turli manbalar asosida tuzilgan taxminiy hisob-kitoblardir. Rossiya esa öz armiyasining uruşdagi haqiqiy yöqotişlari böyiça ma’lumotlarni oşkor qilmayapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya dronlari Ukrainaning Dnepr şahridagi temir yöl vokzali va Çernigov şahriga zarba berişi oqibatida halok bölganlar soni 15 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi