Rossiyalik harbiyga Leopard tankini yo‘q qilgani uchun million rubl berildi

Olam

image

Rossiya Qurolli kuchlari harbiysi Andrey Kravsovga Ukrainadagi urushda Germaniyaning Leopard tankini yo‘q qilgani uchun million rubl mukofot puli berildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, unga million rubllik sertifikatni Novosibirsk viloyatidan senator Aleksandr Karelin topshirgan. 

Kravsovning aytishicha, u tankka qarata granata uloqtirib, uni ishdan chiqarganidan so‘ng yaralanib, shifoxonaga tushgan. Bir qo‘lidan ayrilgan askar keyinroq o‘zi yo‘q qilgan tank Leopard ekanidan xabar topgan. 

“Men buni million rubl uchun qilmadim... Men vatanparvarman, yurtimni sevaman”, deydi u. Nemis tanki qayerda va aynan qachon yo‘q qilingani ochiqlanmagan. 

Bundan avval Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Janubiy-Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlaridagi hujumi chog‘ida to‘rtta Leopard tanki yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi. 13 iyun kuni Rossiya departamenti ham nemis tanklarining qo‘lga olingani haqida xabar bergan. Germaniya rasmiylari tanklarning yo‘q qilingani yoki qo‘lga olinganini tasdiqlamagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiyev Germaniyadan yetkazib berilgan Leopard tanklari sonini uch baravar oshirishni so‘ragan edi. Bundan tashqari, Ukrainada eng yangi nemis Panther KF51 tankini ishlab chiqarilishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Leopard tanki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing