Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
04 iyul 2019 3626 1 daqiqa
Joriy yilning 30 iyun kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, YTHda 2018 yildan beri Primore o‘lkasida qonuniy asosda ishlab va yashab kelayotgan o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Tak’idlanishicha, ayni paytda Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadini Vatanga qaytarish uchun konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.
Qayd etilishcha, marhumning jasadi Agentlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan O‘zbekistonga qaytariladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025