Rossiyadagi o‘zbekistonlik haydovchilar ogohlantirildi
Olam
−
18 noyabr 9142 1 daqiqa
Rossiya hududida milliy haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishning amaldagi tartibi o‘zgarmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Xorijiy haydovchilik guvohnomalarini tan olish bo‘yicha Rossiya qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari bilan Rossiya Federatsiyasi hududida transport vositalarini shaxsan boshqarish mumkin.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi hududida kasbiy faoliyatni (taksi, yuk tashish, yo‘lovchi tashish va boshqalar) amalga oshirish uchun Rossiya haydovchilik guvohnomasini olish zarur, bu esa xorijlik haydovchilarni belgilangan tartibdan o‘tishini talab qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburg rasmiylari ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan mehnat migrantlariga nisbatan taksichilik va kurerlik xizmatlarida ishlashga qo‘yilgan taqiqni 2026 yilgacha uzaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.