Rossiyada o‘zbekistonliklarni uyida ro‘yxatga qo‘ygan kampirga jinoyat ishi ochildi (video)
Olam
−
23 iyun 9982 1 daqiqa
Rossiyaning Voljsk shahrida sakkiz nafar O‘zbekiston fuqarosini uyiga ro‘yxatga qo‘ygan 63 yoshli mahalliy fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Sargrad” xabar berdi.
Migrantlar uning uyida ro‘yxatga olingan, lekin aslida u yerda yashamagan. “Noqonuniy-2025” tezkor-profilaktika tadbiri davomida ularning qoidabuzarligi aniqlangan.
Ularni qo‘lga olish operatsiyasi politsiya va Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan.
Jami 100 dan ortiq shaxs tekshirilib, migratsiya qonunchiligini buzgan olti nafar shaxs aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Vitaliy Yakovlev Turkmaniston poytaxti Ashxobodda o‘tkazilgan “Tinchlik, barqaror rivojlanish va migratsiya” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Rossiyada migrantlar orasida eng ko‘p jinoyatlarni o‘zbekistonliklar sodir etayotganini aytgandi. Unga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 35,5 foizi O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari turibdi – ularga 16,6 foiz jinoyatlar to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatni 11,5 foiz bilan Qirg‘iziston fuqarolari yakunlaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr