Rossiyada o‘zbekistonliklar bangladeshliklar bilan mushtlashdi

Olam

image

Kecha, 12 may kuni Rossiyaning Leningrad viloyati Kirov tumanidagi Priladojskiy qo‘rg‘onida joylashgan parranda fabrikasida O‘zbekiston va Bangladeshdan bo‘lgan ishchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda “47news” xabar berdi.

Qayd etilishicha, janjal “Sinyavinskaya” parranda fabrikasida yuz bergan. Mushtlashuvda qariyb 60 kishi ishtirok etgan. 20 nafar ishtirokchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ulardan yetti nafari og‘ir ahvolda.

Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Fontanka” nashriga ma’lum qilishicha, mushtlashuvdan so‘ng eng faol ishtirokchilardan 12 nafari politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Rasmiy xabarda ular 21 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarolari sifatida ko‘rsatilgan. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, nizoga og‘izaki kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
 
“Fontanka” korxona ijrochi direktori bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq u mushtlashuv sabablari, ishtirokchilar va jabrlanganlar soni haqidagi savollarga javob bermasdan, suhbatni to‘xtatgan.

Keyinroq parranda fabrikasi direktori jurnalistlarga sodir bo‘lgan voqea “o‘rganilayotganini” ma’lum qilgan.

“Hozircha izoh yo‘q”, deydi u.

Hozirda voqea tafsilotlari aniqlanmoqda. Politsiya jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ust-Luga posyolkasidagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan Qozog‘iston fuqarolari hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

mushtlashuv Leningrad Priladojskiy parranda fabrikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing