Rossiyada migrantlarning harakati ustidan nazorat kuchaytiriladi
Olam
−
17:38 2385 1 daqiqa
Rossiyada 2027 yil oxirigacha xorijiy fuqarolarning mamlakat ichidagi harakatlanishini nazorat qiluvchi yangi axborot tizimi yaratiladi. 2026 yilda esa xorijiy fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda mamlakat hukumatining migratsiya siyosati sohasidagi rejasida so‘z boradi.
Hujjatda xorijiy fuqarolarning harakatlanishini nazorat qilish axborot tizimini yaratish muddati 2027 yil 10 dekabr qilib belgilangan. Mazkur ishlar Ichki ishlar organlari, Federal xavfsizlik xizmati, Transport vazirligi va Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan Rossiya hududlari ishtirokida olib boriladi.
Shuningdek, Rossiya IIV 2027 yilga qadar xalqaro aviakompaniyalarning aviachiptalarni bron qilish tizimlariga kirish huquqini oladi. Bu xorijiy tashuvchilarni Rossiyaga kirishi taqiqlangan chet el fuqarolari haqida oldindan xabardor qilish maqsadida amalga oshiriladi. IIV rejalarida, shuningdek, ochiq manbalarni tahlil qiluvchi axborot tizimini yaratish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, hujjatda aytilishicha, 2026 yil dekabrigacha xorijiy fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish axborot tizimini yaratish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadagi barcha migrantlar rus tilini bilish bo‘yicha testlarni kompyuter orqali va masofaviy texnologiyalar yordamida topshirishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025