Rossiyada qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi
Olam
−
20:41 1738 1 daqiqa
Rossiyada voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Murojaatchi voyaga yetmagan qarindoshi qo‘lga olinib, Moskvadagi voyaga yetmaganlar ijtimoiy reabilitatsiya markaziga joylashtirilgani haqida ma’lum qilgan.
Konsullik bo‘limi vakillari ushbu holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan bog‘langan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar ijtimoiy reabilitatsiya markazi ma’muriyati hamda Rossiyaning boshqa vakolatli organlari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshirgan.
Ta’kidlanishicha, tegishli idoralar bilan olib borilgan muvofiqlashtirish ishlari natijasida bola oilaning ishonchli vakiliga topshirilib, sog‘-salomat vatanga olib qaytarildi.
“Elchixona Rossiyadagi vatandoshlarni voyaga yetmaganlarning xavfsizligi va ularga to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish masalalariga alohida e’tibor berishga undaydi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni kattalarsiz qoldirmaslikka, murakkab vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda elchixona va konsullik muassasalariga o‘z vaqtida murojaat qilishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida 10 yildan ortiq hujjatsiz yashagan o‘zbekistonlik ortga qaytarilgandi.
Live
Barchasi