Rossiyada 3 yashar bolaning boshiga bo‘yidan baland muz bo‘lagi tushib ketdi (video)
Olam
−
16 mart
7850Rossiya Federatsiyasida ko‘p qavatli uy tomidan uch yoshli bolaning boshiga muz bo‘lagi qulab tushdi. Bu haqda Sverdlovsk viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 15 mart kuni Sverdlovsk viloyatining ma’muriy markazi Yekaterinburg shahrida sodir bo‘lgan. Unda 3 yashar bolanning boshiga bo‘yidan baland muz bo‘lagi tushib ketgan. Bola hushini yo‘qotgan. Voqeaga bevosita guvoh bo‘lganlar unga birinchi yordam ko‘rsatgan.
“Bola uyi yonida o‘ynab yurgan vaqtda binonig yuqori qavatidan katta muz bo‘lagi tushib unga zarar yetkazgan. Hodisa oqibatida bola hushini yo‘qoib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sog‘liqni saqlash muassasasiga yetkazildi”, deyiladi xabarda.
Prokuratura tozalash va turar-joy binosini nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan xodimning ishi o‘rganib chiqilishini va shifokorlardan bolaning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning og‘irligini aniqlash uchun hujjatlar taqdim etilishi kutilayotganini ma’lum qilgan. Shifokorlarning fikricha, bola yopiq miya jarohati olgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi o‘rtalarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘zbekistonliklarni qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lishga chaqirgan edi.
LiveBarchasi