Rossiyada 120 kilometrgacha nishonni topib, hujum qiladigan dron namoyish etildi (foto)
Olam
−
13 Oktabr 2025 5782 2 daqiqa
Rossiyada 120 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni mustaqil ravishda topib, ularga hujum qila oladigan “Klin” droni namoyish qilindi. Bu haqda “24 kanal” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu dron yaqinda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalardan birida ko‘rsatilgan. Dron “havo mina maydoni” sifatida ishlashga va havoda taxminan 80 daqiqa navbatchilik qilishga qodir. Uning ko‘tarilish massaci 13,5 kilogramm, parvoz va hujum tezligi soatiga 108–300 kilometrni tashkil etadi. Dronning uzunligi 1600 mm, qanoti 1920 mm, parvoz balandligi 2000 m gacha, parvoz masofasi 120 kilometr. “Klin” jangovar qismi og‘irligi 5 kilogrammni tashkil etadi. Ushbu dron havoda portlatish tizimi bilan jihozlangan va ikki turdagi jangovar qismga ega: kumulyativ va fugas.

Rossiyaliklar Ukrainaning Sting'iga o‘xshash tutib oluvchi dronni sinovdan o‘tkazgan edi. O‘shanda qurilmaning texnik xususiyatlari oshkor etilmagan, biroq uni dengiz va infratuzilmani kuzatish maqsadida ishlatish rejalashtirilgan. Shundan tashqari, endilikda Shahed dronlari ularni tutib oluvchi qurilmalardan qochishi mumkin. Buning uchun rossiyaliklar zarba beruvchi dron apparatlarini maxsus datchiklar bilan jihozlamoqda.

Oddiy Xitoy datchiklari yaqin atrofdagi har qanday dronni qayd etadi, bu esa Shahed'ning balandligini keskin o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi. Hech bir zenit dronu balandligini keskin o‘zgartira olmaydi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Mehnatkashlar partiyasi tuzilishining 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradda yangi “Xvason-20” nomli qit’alararo ballistik raketani taqdim etgan edi.
Live
Barchasi