Rossiyada ham samolyot quladi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 20 fevral kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatining Kstovskiy tumanida samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, voqea Novolikeyevo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. RV-7 yengil samolyoti qattiq qo‘ngan va yonib ketgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan. Yong‘in joyiga olti nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi hamda ikki texnika yetib kelgan.

“Voqea sabablarini tergov organlari aniqlaydi”, deyiladi xabarda.

Qolaversa, Rossiya Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Markaziy mintaqalararo tergov boshqarmasi bortda uchuvchi va yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 fevral kuni AQSHning Arizona shtati janubida ikkita kichik samolyotning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi. Milliy transport xavfsizligi kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, har bir samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. To‘qnashuv Tukson shahri yaqinidagi Marana mintaqaviy aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Nijniy Novgorod samolyot quladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing