Rossiya Yaponiya – AQSH mashg‘ulotlaridan xavotirda – Zaxarova

Olam

image

Rossiya AQSH bilan bo‘lajak harbiy mashg‘ulotlar munosabati bilan Yaponiyaga e’tiroz bildirdi. Bu haqda bugun, 1 sentyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sharqiy iqtisodiy forum doirasidagi brifingda ma’lum qildi.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyaning Rossiyadagi elchixonasiga AQSH bilan bo‘lajak harbiy mashg‘ulotlar yuzasidan xavotirlar bayon etilgan e’tiroz taqdim etilgan.

“31 avgust kuni Yaponiyaning Rossiyadagi elchixonasiga ushbu manyovrlar bo‘yicha xavotirlar bayon etilgan e’tiroz bildirildi. Yaponiya tomoniga mamlakatimizning sharqiy chegaralari yaqinida gij-gijlovchi harbiy faollikka mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi”, deydi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ilk bor Kuril orallariga tashrif buyurib, Tokioning keskin reaksiyasiga sabab bo‘lgan edi. Yaponiya tomoni qat’iy norozilik bildirib, bu mamlakat xalqining tuyg‘ularini haqoratlash ekani aytilgandi.

Shuningdek, mamlakat Bosh vaziri Sanae Takaichi Tokio “Shimoliy hududlar” deb ataydigan Janubiy Kuril orallari – Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai “Yaponiyaning azaliy hududi” ekanini ta’kidlagan.

Takaichining aniqlik kiritishicha, yapon tomonining pozitsiyasiga ko‘ra, orollar “ham tarixiy nuqtai nazardan, ham xalqaro huquqqa muvofiq Yaponiyaning azaliy hududi” hisoblanadi.

Ko‘p o‘tmay Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova javob bayonoti bilan chiqdi. Uning fikricha, Sanae Takaichining Vladimir Putinning Iturup oroliga tashrifiga oid bildirgan fikrlari “haddan tashqari g‘azab uyg‘otadi va mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas”. Zaxarova barcha Kuril orallari “Rossiyaning ajralmas qismi” ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing