Putin bahsli Kuril orollariga borib, mahalliy ikrani tatib ko‘rdi (video)
Olam
−
08:53 7140 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yaponiya ham o‘ziniki deya da’vo qiladigan bahsli Kuril orollaridan biri – Iturupga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiyaning TASS davlat axborot agentligi xabar berdi.
Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, bu Putinning Kuril orollariga shaxsan ilk tashrifi bo‘lgan. U Rossiyaning Uzoq Sharqidagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini kuzatganidan so‘ng Iturupdagi “Yasniy” baliqni qayta ishlash zavodiga borgan.
Televideniyeda namoyish etilgan kadrlarda Putin qora kostyumda turgani va 2 nafar rasmiy baliqchilik hamda baliqlarning migratsiyasi haqida ma’lumot berayotgani ko‘ringan. Rossiya rahbari, shuningdek, mahalliy baliq ikrasidan ham tatib ko‘rgan.
Kuril orollari Rossiya va Yaponiya o‘rtasida hududiy nizo mavzusi bo‘lib qolmoqda. Yaponiya orollarni “Shimoliy hududlar” deb ataydi.
Ma’lumot uchun, ikki davlat o‘rtasida Ikkinchi jahon urushidan keyin rasmiy tinchlik shartnomasi ham imzolanmagan. Bunga asosiy to‘siqlardan biri orollarga bo‘lgan hududiy da’volar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat harbiy qo‘mondonligi tarkibida bir qator yirik kadrlar almashinuvini amalga oshirgandi.
Live
Barchasi