Rossiya va AQSH yashirincha muhokamalar o‘tkazdi

Olam

image

Avgust oyida Rossiya va AQSH vakillari energetika sohasida bir nechta ehtimoliy kelishuvlarni muhokama qildi. Bu haqda besh nafar manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ushbu kelishuvlar orqali Rossiya rahbariyatidan Ukraina bo‘yicha tezroq tinchlikka erishishni xohlamoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda Exxon Mobil kompaniyasining “Sakhalin-1” loyihasiga qaytishi, Rossiya AQSH uskunalarini suyuq gaz ishlab chiqarishda ishlatishi va hatto AQSH tomonidan Rossiyadan atom muzyorar kemasi (ledokol) sotib olinishi kabi variantlar tilga olingan.

Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, ushbu suhbatlar avgust boshida AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning Moskvaga safari chog‘ida bo‘lib o‘tgan. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan. Mavzu 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tgan sammitda ham qisqa muhokama qilingan.

Shuningdek, CNN nashriga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaga “Ukraina masalasini siljitish” uchun biznes kelishuvi taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, Rossiyaga nafaqat iqtisodiy hamkorlik, balki strategik qurollar bo‘yicha kelishuv ham taklif qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bundan buyon Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish uchun pul sarflamasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Exxon Mobil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing