Rossiya O‘zbekistonga benzin eksportini chekladi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2023 13448 1 daqiqa
Rossiya hukumati benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy etdi. Mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin bu haqda tegishli qarorni imzoladi.
“Qaror ichki bozordagi yonilg‘i narxlarini barqarorlashtirish uchun qabul qilindi”, deyiladi Rossiya hukumati xabarida. Cheklovlar ayni paytda kuchga kiradi.
Shu bilan birga, vaqtinchalik taqiq quyidagi hollarda yetkazib berishga taalluqli emas:
- YeOII mamlakatlariga (Rossiyadan tashqari bu ittifoqqa Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a’zo);
- Abxaziya va Janubiy Osetiyaga;
- hukumatlararo kelishuvlar doirasida;
- xorijiy davlatlar hududida bo‘lgan Rossiya qo‘shinlari guruhlari faoliyatini ta’minlash maqsadida.
Rossiya Energetika vazirligi bu cheklov vaqtinchalik chora ekanini tushuntirgan.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi