Rossiya Ukrainaga 550 ta dron va raketa uchirdi

Olam

image

Bugun, 4 iyulga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Ukrainaga 539 ta uchuvchisiz samolyot va 11 ta raketa bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berdi.

Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 478 ta havo nishoni muvaffaqiyatli urilgan yoki “elektron urush vositalari bilan yo‘qotilgan/bostirilgan”.

Kiyev yana zarbaga uchradi, shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, 23 dan ortiq kishi jarohatlangan.

“Turarjoy binolari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, transport infratuzilmasi zarar ko‘rgan”, deb ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar xizmati.

“Ukrzaliznitsa” Kiyevda temiryo‘l infratuzilmasi shikastlanganini ma’lum qildi. Yo‘lovchi poyezdlari harakati qisman cheklangan, ayrim poyezdlar ikki soatgacha kechikish bilan harakatlanmoqda.

Rossiya Qurolli kuchlari, shuningdek, Patriot havo mudofaa tizimlari joylashtirilgan Julyani aeroporti yaqiniga havodan hujum qilishga urindi. Bunday xulosaga ushbu hududdagi yong‘inlar tasvirlarini geolokatsiya qilish orqali erishish mumkin; u yerda aniq nima yonayotgani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni Rossiya qo‘shinlari Odessa shahriga dronlar yordamida hujum uyushtirgandi. Oqibatda bir er-xotin, 27 iyun kuni Dnepropetrovsk viloyatining Samara shahriga uyushtirilgan hujumda 5 kishi, 3 iyul kuni Odessa shahriga hujumida 4 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing