Rossiya-Ukraina muzokaralariga Fidan raislik qiladi
Olam
−
23 iyul 2025 4786 1 daqiqa
Bugun, 23 iyul kuni kechqurun Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi uchrashuv Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan raisligida Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib, “Kommersant’” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu uchrashuv soat 19:00 da Chirog‘on saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan va bu ma’lumot tasdiqlangan.
Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasiga Prezidentning yordamchisi Vladimir Medinskiy, Ukraina delegatsiyasiga esa Ukraina Xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustam Umarov rahbarlik qiladi.
Bugun, 23 iyul kuni ertalab Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya delegatsiyasi Vladimir Medinskiy boshchiligida Istanbulga yo‘l olganini ma’lum qilgan. Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko esa Ukraina delegatsiyasi allaqachon Turkiyadaligini bildirgan.
Moskva va Kiyev o‘rtasidagi oldingi ikki muzokara raundi 16 may va 2 iyun kunlari Istanbulda o‘tkazilgan. Uchrashuvlar yakunida tomonlar harbiy asirlar va harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashish, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish shartlari bayon etilgan memorandum matnlarini bir-biriga topshirishga kelishib olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi yakunidan mo‘’jizaviy yutuqlar kutmaslik kerakligi, chunki bu murakkab masala ekani haqida gapirgandi.
Live
Barchasi