Rossiya Kurskdagi 32 ta aholi punktini qaytarib oldi

Olam

image

Rossiya harbiylari 2024 yil 6 avgustdan boshlab Kursk viloyatida umumiy 32 ta aholi punktini qaytarib oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8-9 mart kunlari Rossiyaning “Sever” harbiy guruhi bo‘linmalari tomonidan 7 ta aholi punkti qaytarib olingan. Xususan, Malaya Loknya, Cherkasskoye Porechnoye, Kositsa, Lebedevka, Viktorovka, Nikolayevka va Staraya Sorochina. Fevral oyida esa Pogrebki, Orlovka, Nikolskoye, Novaya Sorochina va Sverdlikovo kabi 5 ta aholi punkti qaytarilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 17 yanvarga kelib, Kursk viloyatining dastlabki bosib olingan hududining 63,2 foizi (801 kv km) ozod qilingan (jami 1 268 kv km edi). Yanvar oyining ikki haftasida “Sever” harbiy guruhi bo‘linmalari 4 ta aholi punktini – Aleksandriya, Leonidovo, Russkoye Porechnoye va Kruglenkoyeni qaytarib olgan. Shuningdek, 31 yanvar kuni Nikolayevo-Darino ham o‘z nazorati ostiga qaytargan. O‘tgan yilning dekabr oyida uchta aholi punkti qaytarilgan – Plekovo, Darino va Novoivanovka.

Eng ko‘p aholi punkti – 12 tasi – 2024 yilning sentyabr oyida Rossiya nazoratiga qaytarilgandi. Ular: Uspenovka, Borki, Apanasovka, Byaxovo, Vishnevka, Viktorovka, Vnezapnoye, Gordeyevka, Krasnooktyabrskoye, Obuxovka, Snagost.

Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Kursk viloyatiga ommaviy hujum 2024 yil 6 avgustda boshlangan. Hududda federal miqyosdagi favqulodda holat va terrorizmga qarshi operatsiya rejimlari amal qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 7 mart kuni Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi Dobropole shahriga zarba berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kursk aholi punkti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing