Rossiya yana Donetskka hujum qildi. 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 7 mart kuni Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi Dobropole shahriga zarba berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Prezidentning ma’lum qilishicha, zarba oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan va yana 30 kishi jarohat olgan.

“O‘zimning chuqur hamdardligimni qurbonlarning oilalari va yaqinlariga izhor qilaman”, degan Ukraina rahbari.

Zarba oqibatida sakkizta besh qavatli va bir ma’muriy bino, qolaversa, 30 ta avtomobil zarar ko‘rgan. Yashash joylarida va ma’muriy binoda yong‘inlar yuzaga kelgan. Yong‘inlarni o‘chirish davomida dron bilan yana bir zarba berilgan, oqibatda o‘t o‘chirish mashinasi shikastlangan.

Qayd etilishicha, Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi aholi punktlariga 26 marta qasddan zarar yetkazgan. Front chizig‘idan 485 kishi, jumladan 6 bola evakuatsiya qilingan. Qolaversa, Zelenskiy ushbu hujumda zarar ko‘rgan aholiga yordam berayotgan xodimlarga o‘z minnatdorligini bildirib o‘tgan.

“Favqulodda xizmatlar, politsiya, DXXS, tibbiyot xodimlariga katta rahmat, ular qayta zarbalar xavfiga qaramasdan, odamlarni bu terrorizmdan qutqarish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ymoqda. Hayotni himoya qilish uchun kurashayotgan har bir kishiga minnatdorlik bildiraman”, deya yozadi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Rossiya armiyasi Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi mehmonxonaga raketa zarbasi yo‘llagandi. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, raketa besh qavatli mehmonxonaga borib tushgan. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangan. Ular orasida bir bola ham bor. Juda og‘ir ahvolda bo‘lgan 20 kishi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Zelenskiy Donetsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing