Rossiya Kramatorskda avtobuslarga zarba berdi. 30 kishi halok bo‘ldi

Olam

−

image

Bugun, 8 oktyabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari Kramatorskka zarba berdi. Hujum epitsentriga yo‘lovchilarni tashiyotgan ikkita yo‘nalishli avtobus tushib qoldi. Oqibatda kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 18 kishi jarohat oldi. Bu haqda Donetsk viloyati prokuraturasi va Donetsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin ma’lum qildi.

“Kramatorsk jamoatidagi Belenkoye qishlog‘ining o‘qqa tutilishi oqibatida yana uch kishi halok bo‘ldi”, deya xabar berdi Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslarga katta ehtimol bilan UMPB D-30 SN boshqariladigan aviabombalari bilan hujum qilingan. Kramatorsk va Slavyanskda jamoat transporti faoliyati to‘xtatilmoqda.

“Rossiyaliklar tinch aholini nishonga olib zarba bermoqda. Ular uchun yo‘lovchilar avtobusi aynan bir zarba bilan ko‘p odamni o‘ldirish mumkinligi sababli jozibador nishon hisoblanadi. Rossiya urush olib borishning barcha mumkin bo‘lgan qoidalari va xalqaro insonparvarlik huquqi normalarini qasddan mensimayapti. U tinch aholiga eng katta ozor yetkaza oladigan joylarni nishonga olmoqda”, deyiladi Filashkinning Telegram’dagi xabarida.

Ma’lumot uchun, 8 oktyabr kuni Rossiya Qurolli kuchlari Kiyevga ham zarba berishda davom etdi. Solomenskiy tumanida Rossiya droni do‘konga borib urildi va ikki kishi halok bo‘ldi. Ukraina poytaxtining boshqa bir tumaniga qilingan Rossiya hujumi oqibatida yana bir kishi halok bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Ryazan viloyatidagi “Yandeks” kompaniyasiga tegishli ma’lumotlar markaziga dronlar bilan zarba bergani haqida xabar qilingan edi. Hujum oqibatida yong‘in chiqib, markaz faoliyati to‘liq to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing