Rossiya Qirg‘izistonda ham AES qurmoqchi
Olam
−
27 noyabr 2025 3022 1 daqiqa
Rossiya Qirg‘izistonda kichik quvvatli AES qurish loyihasini amalga oshirishga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 27 noyabr kuni jurnalistlar savollariga javob berar ekan ma’lum qildi.
Prezidentning aytishicha, ehtimol, “kichik quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish rejada bor”. U Rossiya dunyoda bunday loyihalarni amalga oshirayotgan yagona davlat ekanini eslatib o‘tdi.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya va Qirg‘iziston munosabatlari investitsiyalar, foydali qazilmalarni qazib olish va energetika kabi turli sohalarda rivojlanmoqda.
Uning qayd etishicha, Qirg‘iziston Rossiyadan barcha resurslarni “eng minimal narxlarda”, shuningdek “mos import bojlarini undirmasdan” olyapti. Bu esa Rossiya mahsulotlarini Qirg‘iziston bozorida “juda raqobatbardosh”, bundan tashqari respublika iqtisodiyoti uchun “katta yordam” hisoblanadi.
“Bu – neft ham, gaz ham, lekin biz faqat shu bilan cheklanmaymiz”, dedi Putin.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘istonda AES qurmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 9 oktyabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ikkinchi “Rossiya-Markaziy Osiyo” sammitida Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik energetika loyihalarida Rossiya sarmoyasi va ishtirokini yanada oshirish rejalarini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025