Rossiya dizel eksportini taqiqladi
Olam
−
09:43 808 1 daqiqa
Kecha, 8 iyuldan boshlab Rossiyada dizel yonilg‘isi eksportiga taqiq joriy etildi. Bu haqda Vladimir Putin raisligida o‘tgan hukumat yig‘ilishida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat iyul oyidan boshlab boshqa davlatlardan yonilg‘i import qilishni boshlagan.
“Yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi hozirgi vaziyat fuqarolarni xavotirga solmoqda. Vaziyatni barqarorlashtirish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida hukumat qo‘shimcha choralarni ko‘rishda davom etmoqda”, degan u.
Rossiyada may oyi oxiridan buyon yonilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda. Ma’lum qilinishicha, dizel yonilg‘isi eksportini taqiqlash masalasi may oyining oxiridayoq muhokama qilingan.
Bu holat Ukraina tomonidan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga uyushtirilgan ketma-ket hujumlar ortidan yuzaga kelgan. Hujumlarda mamlakatdagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlari nishonga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada benzin va aviatsiya kerosini eksportiga vaqtinchalik to‘liq taqiq joriy etilgan edi.
Live
Barchasi