Rossiya bilan muzokaralar Turkiyada bo‘lishi mumkin – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya tomoni bilan muzokaralar Turkiyada o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 26 avgust kuni kechki videomurojaatida ma’lum qildi.

“Bu hafta Turkiya bilan aloqalar bo‘ladi, Fors ko‘rfazi davlatlari, ruslar bilan suhbatlashish uchun platforma bo‘lishi mumkin bo‘lgan Yevropa davlatlari bilan aloqalar bo‘ladi. Biz tomondan urushni tugatish uchun hamma narsa imkon qadar tayyor bo‘ladi”, dedi Zelenskiy.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hamma narsa faqat dunyo yetakchilarining, birinchi navbatda, AQSHning “Rossiyaga bosim o‘tkazish” irodasiga bog‘liq bo‘ladi.

“Rossiya faqat haqiqiy muzokaralardan qochishda davom etishi haqida signal bermoqda. Buni faqat kuchli sanksiyalar, kuchli tariflar – haqiqiy bosim bilan o‘zgartirish mumkin. Biz ham ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qadamlarimizni tashlayapmiz”, dedi Ukraina yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, Ukraina bo‘yicha muzokaralarni cho‘zmaslikni talab qilgan va aks holda Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishi haqida ogohlantirgandi. Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarda vaqtni cho‘zish strategiyasini qo‘llayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Turkiya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing