Rossiya himoyasidagi Asad mamlakatdan qancha pul bilan chiqib ketdi?
Olam
−
10 dekabr 2024 37704 1 daqiqa
Suriyada Bashar Asad rejimi ag‘darilgach, sobiq prezident Rossiyaga qochganida o‘zi bilan qancha pul olib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Rejimning razvedka agentligi a’zosi Xolid Beyning aytishicha, Asad o‘zi bilan 135 milliard dollar olib ketgan.
Qolaversa, muxolifat kuchlari Asad oilasiga tegishli maxfiy tunnellar tarmog‘ini topgan. Bashar Asadning ukasi general-mayor Mohir Asadga qarashli qasr ostidan oltin tashishga moslashtirilgan keng tunnellar tarmog‘i aniqlangan.
Bu ma’lumotlar hali rasmiy tasdiqlanmagan, ammo Asad rejimining ichki urush davomida katta iqtisodiy mablag‘larni o‘zlashtirganligi borasidagi da’volar xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrga o‘tar kechasi qurolli muxolifat jangarilari Damashqqa kirib kelib, Asad rejimini qulatgan edi. Shundan so‘ng, Bashar Asad mamlakat poytaxtini samolyotda tark etgandi. 8 dekabr kuni tushdan keyin Rossiya TIV Asad “Suriya Arab Respublikasi hududidagi qurolli mojaroning qator ishtirokchilari” bilan muzokaralardan so‘ng prezidentlik lavozimini tark etishga qaror qilganini va mamlakatni tark etganini tasdiqlagandi.
Live
Barchasi