Rossiya ham Saudiya Arabistonida AQSH bilan muzokara o‘tkazadi – CNN
Olam
−
10 mart 2025 10752 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakillari joriy haftada Saudiya Arabistonida Rossiya delegatsiyasi bilan ham uchrashadi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu uchrashuv Amerika va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralardan alohida o‘tkaziladi. Nashr muzokaralarda kim ishtirok etishini aytishdan bosh tortgan.
Shuningdek, nashr Tramp bu muzokara bo‘lishini oldin ham aytganini qo‘shimcha qilgan.
“Tramp Saudiya Arabistonida katta uchrashuvlar kutilayotgani, bunga Rossiya ham kirishi haqida gapirgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning vakillari joriy yil 12 mart kuni Ukraina delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistonida uchrashishi haqida xabar berilgandi. AQSH Prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, AQSH va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvda Ukraina inqirozini hal qilish masalasini muhokama qiladi.