Rossiya ham Eron hududidan fuqarolarini olib chiqmoqda

Olam

image

Rossiya Eron hududidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mintaqadagi keskin vaziyat fonida rossiyaliklarning birinchi guruhi – 86 kishi Eron hududidan qaytib kelgan. 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya fuqarolari Eron va Ozarbayjondagi Rossiya elchixonalari ko‘magida evakuatsiya qilingan. Evakuatsiya qilingan guruh 14 iyunga o‘tar kechasi Eron va Ozarbayjon chegarasidagi Astra nazorat punktidan o‘tgan.

Ozarbayjon orqali o‘tganlar orasida “Xudo bo‘lish qiyin” serialining suratga olish guruhi a’zolari ham bor. Shuningdek, Chaykovskiy nomidagi katta simfonik orkestrning 51 nafar san’atkori ham evakuatsiya qilingan.

“Gap dunyoga mashhur rossiyalik rejissyor Fyodor Bondarchuk boshchiligidagi suratga olish guruhi haqida bormoqda. Gumanitar vaziyatlarda imkoniyat bo‘lsa, boshqa davlatlar fuqarolariga ham yordam beramiz”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston fuqarolari Erondan Ozarbayjonga evakuatsiya qilingandi. Bir qator xorijiy davlatlar rasmiy Bakudan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Ozarbayjon hududi orqali qaytarishga yordam berishni so‘ragan. Ular ichida Rossiya ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing