Ronaldu bilan raqobat tarixda qoladi – Messi
Sport
−
23 noyabr 2021 8931 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Lionel Messi Krishtianu Ronaldu va u bilan bo‘lgan raqobat va qarama-qarshilik haqida fikr bildirdi.
“Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytishini avvaldan bilar edi, ammo u jamoaga ajoyib tarzda moslashdi. Krish hech qanday muammoga duch kelmay, gollar ura boshladi. MYU Angliya Premer ligasida kutilganidek o‘yin ko‘rsata olmayotgan bo‘lishi mumkin, ammo raqobat yuqori bo‘lgan chempionatda hech qachon oson o‘yinlar kafolatlanmagan. Dekabrdan keyin vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin”, deydi Messi.
Shuningdek, Leoning 36 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan raqobati futbol tarixida qolishini ta’kidladi:
“Ronaldu bilan qarama-qarshilikni sog‘indimmi? Bir ligada o‘ynashni to‘xtatganimizga ancha bo‘ldi. Biz yakka tartibda ham, jamoaviy miqyosda ham kurash olib bordik. Bu ikkimiz uchun ham, muxlislar uchun ham juda chiroyli sahna bo‘ldi. U bilan raqobatda o‘tgan yillarimiz futbol tarixida qoladi”, deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi PSJ, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Bavariya”, “Real Madrid” va “Atletiko” kabi jamoalarni YeCHL favoritlari qatorida ekanini ta’kidlagan edi.
Live
Barchasi