Ronaldino basketbol klubini sotib olishi mumkin
Sport
−
12:36 319 1 daqiqa
2002 yilgi Jahon chempionati g‘olibi va “Oltin to‘p” sohibi Ronaldino Fransiyaning “Monako” basketbol klubini sotib olishi mumkin. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Joriy yilning 10 avgust kuni Ronaldino “Monako” bosh menejeri Aleksey Yefimovga maktub yo‘llab, Andorraning Clayton Sports investitsiya fondi ko‘magida klubga sarmoya kiritish niyati borligini bildirgan.
“Monako” uch karra Fransiya chempioni va mamlakat chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa shuningdek, ikki marta Fransiya Kubogini va bir marta Yevropa Kubogini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldino 2003-2008 yillarda “Barselona” safida to‘p tepgan. U kataloniyaliklar bilan ikki marta La Liga chempioni bo‘lgan va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Braziliyalik futbolchi faoliyati davomida “Pari Sen-Jermen”, “Milan”, shuningdek, Braziliyaning “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Gremio” va “Fluminense” klublarida ham o‘ynagan.
Ronaldino Braziliya terma jamoasi bilan 1999 yilda Amerika Kubogida g‘olib chiqqan va 2002 yil jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi