Akusherlik va ginekologiya markaziga yangi direktor va bosh shifokor tayinlandi

Jamiyat

photo_2020-10-15_19-12-24

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyruqlariga ko‘ra, vazirlik huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining direktori va bosh shifokori lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, Natalya Suratovna Nodirxonova markaz direktori etib tayinlandi. U 1969 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ko‘p yillar Buxoro viloyatidagi bir qancha tibbiyot muassasalarida ginekologiya sohasida, jumladan, Buxoro viloyat perinatal markazi direktori  lavozimida ham faoliyat yuritgan. II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi.

2018-2019 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bosh shifokor muovini hamda 2019 yildan hozirgi vaqtga qadar markaz direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokor lavozimiga esa Aminjon Baxtiyorovich Saparov tayinlandi. U 1983 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, akusher-ginekologiya sohasida ishlash barobarida ilmiy faoliyat ham olib borgan. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universitetining aspiranturasini tamomlagan. 2018 yildan buyon markazning bosh shifokori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov SSV

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing