“Real” shifokorlari ChatGPT’dan maslahat olishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 mart 1596 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq fizioterapevti va ovqatlanish bo‘yicha mutaxassisi Isiar Gonsales de Arriba klub ChatGPT’ning bepul versiyasidagi maslahatlar asosida o‘yinchilarga ozuqaviy qo‘shimchalar buyurayotganini aytdi. Bu haqda klubning sobiq mutaxassisi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Avvalroq, “Real Madrid” tibbiy xodimlari dastlabki tekshiruv paytida hujumchi Kilian Mbappening o‘ng tizzasini chap tizzasining jarohati bilan adashtirib yuborganini xabar qilgan edi. Futbolchining o‘zi yakuniy tashxis va tiklanish rejasi faqat Fransiyada, qo‘shimcha tekshiruvlar uchun borganidan keyin ishlab chiqilganini tasdiqlagan.
Gonsales Instagram sahifasida ushbu yangiliklarga javob berar ekan quyidagicha munosabat bildirdi:
“Rahmat, Kilian. Umid qilamanki, ular endi tajribasiz va bilimsiz odamlarni emas, balki malakali va mutaxassis odamlarni izlashadi,” deb yozdi.
Shuningdek, sobiq diyetolog klubning hozirgi fizioterapevti va ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislarini tanqid qildi.
“Bilmadim, bundan ham yomoni nima: bu yangilikmi yoki ular ChatGPT’ning bepul versiyasidagi maslahatlar asosida qo‘shimchalar tayyorlayotganimi?”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, Isiar Gonsales 2021 yildan 2025 yilgacha “qirollik klubi” jamoasida ishlagan.
Live
Barchasi