“Real Madrid” Vinisius bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

“Real Madrid” braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kelishuv 2032 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Avvalgi shartnoma esa 2026-2027 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan edi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Vinisius 2018 yilning yozida “Flamengo”dan “Real Madrid”ga o‘tgan. Shu vaqtga qadar u “qaymoqranglilar” safida barcha musobaqalarda 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Braziliyalik futbolchi “Real Madrid” bilan birgalikda uch marta Ispaniya chempionligi, uch marta Ispaniya Superkubogi, ikki marta UEFA Chempionlar ligasi, bir marta UEFA Superkubogi, bir marta FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, bir marta Qit’alararo kubok va bir marta Ispaniya kubogida g‘olib chiqqan.

U Braziliya milliy terma jamoasi safida hozirga qadar 54 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma bergan. Shuningdek, Vinisius 2021 yilgi Amerika kubogida terma jamoasi bilan finalgacha yetib borgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing