“Real Madrid” penaltilar bo‘yicha top-5 ligada yetakchiga aylandi
Sport
−
17 fevral 765 1 daqiqa
Kecha, 15 fevral kuni “Real Madrid” La Liga 24-tur doirasida “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda ikkita penalti amalga oshirdi. Bu orqali Madrid jamoasi top-5 ligada eng ko‘p penalti amalga oshirgan jamoaga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, bu Madrid jamoasining La Ligadagi ushbu mavsumdagi 12- va 13-penaltilari bo‘lib, ularni bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi beshta ligasi orasida mutlaq yetakchiga aylantirdi.
Ushbu penaltilardan madridliklarning braziliyalik futbolchisi Vinisius Junior unumli foydalanib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
“Qirollik klubi”dan keyin bu ro‘yxatda hozirgacha to‘qqizta penalti amalga oshirgan holda Germaniyaning “Bavariya” jamoasi bormoqda.
Eng yaxshi 5 talikning to‘liq ro‘yxati:
- “Real Madrid” – 13 ta penalti;
- “Bavariya” – 9 ta penalti;
- “Mayns 05” – 8 penalti;
- “Brentford” – 8 ta penalti;
- “Brest” – 8 ta penalti.
Qayd etish joiz, La Liganing amaldagi rekordi 2015-2016 yilgi mavsumdan beri “Barselona”ga tegishli hisoblanadi. O‘shanda kataloniyaliklar chempionat davomida 19 ta penaltini amalga oshirgan.
Live
Barchasi