“Real Madrid” Ispaniyada eng ko‘p haqorat qilingan jamoaga aylandi
Sport
−
18 noyabr 1395 2 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli postlarda eng ko‘p nafrat nishoniga aylangan futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda Ispaniyaning irqchilik va ksenofobiyaga qarshi Observatoriya ma’lumotiga tayanib, “Mundo deportivo” nashri xabar berdi.
Klublar kesimida tuzilgan ushbu noodatiy reytingda “Real Madrid” 34 foiz bilan yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan 32 foiz ko‘rsatkich bilan “Barselona” joylashgan. Uchinchi pog‘onani 17 foiz bilan “Real Valyadolid” egallagan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda “Valensiya” (8%), “Atletik Bilbao” klubi (6%), “Real Sosedad” (5%) va “Atletiko Madrid” (4%) qayd etilgan.
Individual o‘yinchilar bo‘yicha ham noodatiy reyting tuzib chiqilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Ispaniyaning eng ko‘zga ko‘ringan yosh iste’dodlaridan biri “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqdagi haqoratlarning asosiy nishoniga aylangan. Hisobotda qayd etilishicha, futbolchilarga qaratilgan barcha nafratli postlarning 60 foizi aynan Yamalga tegishli.
Reytingda Yamal ortidan Vinisius Junior (29%), Kilian Mbappe (3%), shuningdek, Niko Uilyams, Inyaki Uilyams, Alexandro Balde va Braim Dias kabi futbolchilar 2 foiz atrofidagi ko‘rsatkichlar bilan qayd etilgan.
Tadqiqotga ko‘ra, ayniqsa “El-Klasiko” o‘yinlari atrofida ijtimoiy tarmoqlarda haqorat, kamsitish va qo‘pol munozaralar soni keskin ko‘paygan.
Hisobot Ispaniya futbol ekotizimida onlayn nafratning qanchalik chuqur ildiz otganini yana bir bor ko‘rsatdi. Yulduz futbolchilar, xususan yoshlarga qaratilgan bu nafratlar sport muhitidan ancha oshib ketib, jiddiy ijtimoiy muammo tusini olmoqda.
Live
Barchasi