“Real” Alabani jamoadan ketishini e’lon qildi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubidagi avstriyalik himoyachi David Alaba 2025-2026 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Alaba joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.

Uning xayrlashuv marosimi bugun, 23 may kuni “Real Madrid”ning mavsumdagi so‘nggi o‘yini – Ispaniya chempionati 38-turidan o‘rin olgan “Atletik Bilbao”ga qarshi uy uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tadi.

“David Alaba o‘zining fidoyiligi va mehnati tufayli, barcha muxlislar qalbida abadiy qoladi. “Real Madrid” har doim uning uyi bo‘lib qoladi”, deydi klub prezidenti Florentino Peres.

Alaba 2021 yilning yozida “Real Madrid” safiga qo‘shilgan va shu vaqt davomida jamoa tarkibida 131 ta o‘yinda ishtirok etdi. Avstriyalik futbolchi “qaymoqranglilar” bilan jami 11 ta sovrin ikki martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u bir marta Ispaniya Kubogini ham yutib olgan.

Ma’lumot uchun, David Alaba “Real Madrid”ga o‘tishidan oldin Germaniyaning “Bavariya” va “Xoffenxaym” klublarida to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” himoyachisi Dani Karvaxal ham mavsum yakunida jamoani tark etishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

David Alaba “Real Madrid” “Bavariya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing