Rasmiy Toshkent Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar haqidagi ma’lumotni tekshiryapti
Jamiyat
−
02 may 2025 15510 2 daqiqa
Avvalroq, Ukraina Mudofaa vazirligi va Bosh razvedka boshqarmasi ko‘magida tashkil etilgan “Xochu jit” (“Yashashni xohlayman”) loyihasi Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1110 nafar O‘zbekiston fuqarosining ism-sharifini e’lon qilgandi. O‘zbekiston vakolatli organlari bu ma’lumotni tekshirishni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasida yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan. Yollanma shaxsni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish, xuddi shuningdek undan harbiy to‘qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish esa 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat kodeksining 1541-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha (112,5 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, xizmatga yollanishi esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Live
Barchasi