Rasman: O‘zbekistonda ayrim yovvoyi hayvonlarni ovlash taqiqlanadi

Jamiyat

image

Joriy yil 1 avgustdan 2028 yil 1 yanvargacha yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan ayrim yovvoyi hayvonlarni ovlashga taqiq joriy etiladi. Bu haqda kecha, 30 iyun kuni hukumatning “Hayvonot dunyosi yo‘qotishlarining o‘rnini qoplash hamda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustdan 2028 yil 1 yanvarga qadar mazkur qaror ilovasida belgilangan O‘zbekistonda kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish taqiqlanadi.

Bunda:

  • ushbu cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ov qilish, shuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ov qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi;
  • yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni shakllantirish va taqsimlashda ov qilish taqiqlangan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lgan yovvoyi hayvonlar turlariga nisbatan kvota ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylar har yili 15 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda chavoqlantirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing