Raqamli OKMK-2030: Kombinat konlarida sun’iy intellektdan foydalanilmoqda

Biznes

image

Ilm-fan va axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda deyarli barcha jabhalarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan  foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish sohasi ham bundan mustasno emas. 

Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Qalmoqqir” va “Yoshlik I” konlarida  avtomatlashtrilgan kon-transport boshqaruv tizimi joriy etilmoqda. Tizimning vazifasi eng zamonaviy raqamli yechimlar va sun’iy intellektni qo‘llagan holda kon-transport kompleksini samarali boshqarishni ta’minlashdir.

Endilikda kondagi avtosamosval, ekskavator, burg‘ilash texnikalari va yordamchi texnikalar maxsus texnik-apparat vositalari bilan jihozlanib, ulardagi ma’lumotlarni onlayn shaklda jamlash yo‘lga qo‘yiladi. 

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, tizim avtomatik ravishda avtosamosvallarni ekskavatorlarga samarali taqsimlash imkonini beradi. Shuningdek, quduqlarni burg‘ilash ishlarini ham onlayn tarzda belgilash va nazorat qilish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bu tizimning afzalligi shundaki,  kondan chiqayotgan yuk oqimlarini optimal boshqarish, kon ishini tezkor hisobga olish va nazorat qilish, ekspluatatsiya rejimlarini monitoring qilish va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va  kon massasini qazib olish hajmini oshirishdan iborat.

Hozirda mazkur tizim pudratchi kompaniya bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. 

Dastlabki bosqichda  “Qalmoqqir” va “Yoshlik I” konlarida ishlab chiqarish jarayonlari raqamlashtiriladi.
Muhim jihati bu tizim  kon ma’danlarini  Mis boyitish fabrikasi va ag‘darmalarga bir maromda tashishni tashkil etish uchun javobgar sanaladi.

Shuningdek, texnikani ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.

Tizimga xodimlar ish samaradorligi va xavfsizlikni baholash modullari ham integratsiya qilingan. Masalan, videoregistratorlar va videotahlil tizimlari avariya hodisalarining oldini olishga yordam beradi, xavfsizlik texnikasiga rioya etilishini nazorat qiladi, haydovchining xatti-harakatlarini tahlil qiladi, hodisalarni qayd etadi va xavfli vaziyatlarni avtomatik ravishda aniqlash imkonini beradi.

Shuningdek,  texnika vositalarining bo‘sh turish vaqti qisqartiriladi. Kon-transport kompleksini boshqarish va  portlash-burg‘ulash ishlarini unumdorligi ortadi.

Bir so‘z bilan aytganda sun’iy intellektdan foydalanish orqali unumdorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga erishiladi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq OKMK sun'iy intellekt Kombinat Qalmoqqir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing