Rahmon To‘qayev bilan Afg‘onistondagi keskin vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
24 iyun 2021 4511 1 daqiqa
Kecha, 23 iyun kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston Prezidentining saytida ma’lum qilindi.
Xabarda qayd etilishicha, Prezidentlar Afg‘onistonda yuzaga kelgan harbiy-siyosiy vaziyatni batafsil muhokama qilgan. Afg‘onlararo muzokaralar jarayonini boshlashga har tomonlama yordam berishning muhimligi qayd etilgan.
Tomonlar Afg‘oniston shimoli va shimoli-sharqidagi mintaqa xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan keskin vaziyatdan xavotir bildirgan.
Shu munosabat bilan ikki mamlakatning tegishli xizmatlari va ixtisoslashgan bo‘limlari o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama asosda yaqin muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.
O‘z navbatida Oqo‘rda Matbuot xizmati Prezidentlar Afg‘oniston muammosini muhokama qilganini tasdiqlagan. Shu bilan Imomali Rahmon ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami uchun Qozog‘istonga minnatdorlik bildirgani ham aytib o‘tilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon Markaziy Osiyoda yuzaga kelayotgan vaziyatni muhokama qilgandi.
Live
Barchasi