Rahmon Tojikiston IIV tuzilmasini “tozaladi”

Olam

image

Kecha, 11 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Ichki ishlar vazirligi tuzilmasidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun taqdim etilgan mulozimlarni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, asosiy tayinlovlardan biri – hukumat qarori bilan Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan Jamshid Mashrabzoda bo‘lgan.

Abdusattor Azizzoda Tojikistonning MDHga a’zo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatlarning boshqa xavfli turlariga qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosidagi muxtor vakili etib tayinlangan.

Shuningdek, IIV markaziy apparatida, vazirlik vakolatxonalarida hamda mamlakatning bir qator shahar va tumanlaridagi militsiya bo‘linmalarida yangi rahbarlar tayinlangan.

Xususan:

  • Militsiya general-mayori Fayzali Sharifzoda – Ichki ishlar vaziri apparati rahbari;
  • Militsiya polkovnigi Ilhomiddin Valizoda – IIVning Rasht tumanlar guruhi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i;
  • Militsiya general-mayori Abdusattor Fatozoda – Tojikiston IIVning Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari;
  • Militsiya kapitani Forih Mirzoahmedov – IIV Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar boshqarmasi boshlig‘i;
  • Militsiya polkovnigi Shuhrat Saidzoda – Tojikiston IIVning Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi muxtor vakili;
  • Militsiya polkovnigi Habib Qahhori – IIV Jinoyat-qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;
  • Militsiya polkovnigi Dovar Salimboyzoda – IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Mintaqalardagi IIV bo‘linmalariga kimlar rahbar bo‘ldi?

Militsiya podpolkovnigi Ahliddin G‘afurzoda Dushanbe shahri Sino tumani bo‘yicha 1-sonli IIBB boshlig‘i, militsiya polkovnigi Suhrob Haydarzoda Hisor shahar IIBB boshlig‘i, militsiya podpolkovnigi Karimjon Rivojzoda esa Boxtar shahar IIBB boshlig‘i etib tayinlangan.

Militsiya podpolkovnigi Firdavs Asadzoda So‘g‘d viloyati Bobojon G‘afurov tumanidagi 2-sonli IIBBga rahbar bo‘lgan. Militsiya polkovnigi Muhriddin Hayrullozoda Rasht tumanlar guruhidagi “Navobod” jamoatiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha IIBB boshlig‘i etib tayinlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Rushon Cholizoda Mug‘ob tumani IIBBga, militsiya polkovnigi G‘olibjon Homidzoda Ishkoshim tumani IIBBga, militsiya podpolkovnigi Jamshid Tag‘oyzoda Baljuvon tumani IIBBga, militsiya podpolkovnigi Feruz Qodirzoda esa Shamsiddin Shohin tumani IIBBga rahbarlik qiladigan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkmanistonda 2026 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tgandi. Unda mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kadrlar o‘zgarishini e’lon qilgandi. Xususan, ikki vazir, to‘rt hokim va gazeta bosh muharriri lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing