“Putinni nazarda tutgan”. Zelenskiy Rojdestvo tabrigida noma’lum shaxsga o‘lim tiladi (video)

Olam

image

Bugun, 24 dekabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy katolik Rojdestvosi munosabati bilan mamlakat aholisiga videomurojaat yo‘lladi. Chiqishi davomida u ismini ochiq aytmagan bir shaxsga o‘lim tiladi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Zelenskiy o‘z bayonotida rossiyaliklarni “xudosizlar” deb atagan, shuningdek, nomi tilga olinmagan bir kishining o‘limini tilagan. Nashrning yozishicha, Zelenskiy bu bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni nazarda tutgan.

“Va biz hammamiz uchun yagona bitta tilak tilaymiz: u o‘lsin”, deydi Zelenskiy.

Ukrainaning yana bir nashri “Politika” ham Zelenskiy o‘z bayonotida aynan Putinni nazarda tutganini yozmoqda.

“Zelenskiy Rojdestvo tabrigida ukrainlar bu kunda bitta tilak tilashlarini aytdi: “U o‘lsin”. Prezident ukrainlar kimning o‘limini tilashini aniq aytmagan. Ukraina kanallari bu bilan Putinni nazarda tutgan, deb taxmin qilmoqda. Shuningdek, u rossiyaliklarni “xudosizlar” deb atadi va Ukrainaga zarbalar berilayotgani sababli ularning “xristianlik va insoniylik bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini” aytdi”, deb yozadi nashr.

Bu holatda Rossiya OAVlari ham ukrainalik hamkasblarining talqiniga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuvda ilk bor Ukraina, AQSH va Rossiya so‘nggi ikki oy davomida muhokama qilib kelayotgan 20 banddan iborat tinchlik rejasi mazmunini ochiqlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing